ProID nima?
ProID — bu autentifikatsiya va avtorizatsiyani soddalashtiruvchi identifikatsiya provayderi. U OAuth 2.0 protokoli asosida ishlaydi: foydalanuvchi bir marta ProID’da kiradi va bitta hisob bilan bir nechta xizmatga ulanadi.
ProID PRO GROUP tomonidan ishlab chiqilgan va boshqariladi.
Asosiy tushunchalar
| Atama | Ma’no |
|---|---|
| Client | ProID’ga ulanadigan sizning ilovangiz (Client ID + Client Secret bilan aniqlanadi). |
| Authorization code | Authorize bosqichidan keyin qaytadigan bir martalik, qisqa muddatli kod. |
| Access token | code almashtirilgach beriladigan Bearer token — API’ga kirish uchun. |
| redirect_uri | Foydalanuvchi ruxsat bergach ProID yo’naltiradigan sizning callback manzilingiz. |
ProID nima qiladi?
- OAuth 2.0 autentifikatsiya — foydalanuvchini xavfsiz tizimga kiritish.
- SSO (Single Sign-On) — bir hisob bilan bir nechta xizmatga kirish.
- Token asosidagi avtorizatsiya — xizmatlararo aloqada
Bearertoken. - Oson integratsiya — istalgan til/platforma bilan (HTTP OAuth 2.0).
Kimlar foydalanadi?
- Biznes va korporativ tizimlar — xodimlar uchun yagona xavfsiz login.
- E-commerce — mijozlar uchun tez, parolsiz kirish.
- Marketplace va xizmatlar — umumiy autentifikatsiya qatlami.
Muhit (environment) manzillari
| Maqsad | URL |
|---|---|
| Authorize (brauzer) | https://id.sfere.pro/oauth |
| API (token, user) | https://api.id.sfere.pro |
Keyingi qadam
Amaliyotga o’tishga tayyormisiz? Tez start bilan 5 daqiqada birinchi login’ni ishga tushiring yoki to’liq OAuth 2.0 qo’llanmasi ni o’qing.